Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Din ishlari qo'mitasining iftor ziyoratida...

Iftor ziyofatida so’zga chiqqan Numan Kurtulmush Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakatiga e’tibor qaratdi.

506360
Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Din ishlari qo'mitasining iftor ziyoratida...

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Din ishlari qo'mitasida berilgan iftor ziyofatiga tashrif buyurdi.

Iftor ziyofatida so’zga chiqqan Numan Kurtulmush Istanbulda sodir bo’lgan terrorchilik harakatiga e’tibor qaratdi.

Uning aytishicha, terror tashkilotlari tashqi kuchlar tomonidan qo’llanilmoqda.

Hozirgi kunda terrorizm xalqaro vositaga aylanganini ta’kidlagan Numan Kurtulmush: “Qo’l qovushtirib, bunday voqealardan sevinganlarning borligini bilamiz. Istanbuldagi terrorchilik harakatidan chuqur iztirobdamiz lekin, bir tomondan g’azablanganimizni aytib o’tmoqchiman”,-dedi.

Tarix mobaynida terrorizm va undan foydalanganlar o’z maqsadlariga erisha olmaganini tilga olgan Numan Kurtulmush: “Ushbu terror tashkilotlarining orqasida turgan tashqi kuchlar hamda ularga logistika, siyosiy, moddiy, harbiy jihatdan yordam bergan davlatlarni bu yo’ldan qaytishga chaqiraman. 80 million aholimiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib, yelkama-yelka, qo’lma-qo’l terrorizmga qarshi kurash olib boramiz”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar