Ibrahim Kalin, “Turkiya, Afrika bilan yaqin hamkor bo’lib qolaveradi”.

Turkiya Prezidenti matbuot kotibi Ibrahim Kalin, Prezident Erdog’anning Afrika ziyorati doirasida, Turkiya-Afrika munosabati haqida batafsil ma’lumot berdi.

504109
Ibrahim Kalin, “Turkiya, Afrika bilan yaqin hamkor bo’lib qolaveradi”.

Turkiyaning mintaqadagi ulkan muvaffaqiyatining siri barchaga ma’lum. Turkiyani muvaffaqiyatli yo’lga yetaklagan yagona kuch u, Turkiyaning mahalliy hamkorlariga hurmat bilan qarashi, yangi fursatlar yaratib, sohadagi maxnatkash insonlarni xafa qilishdan iroq turishidir.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an 31-maydan 3-iyungacha rasmiy ziyorat bilan Sharqiy Afrika sayohatida edi. Turkiyaning mintaqadagi yaqin hamkorlaridan biri hisoblangan Uganda, Keniya va Somalini o’z ichiga olgan bu ziyorat millatimizning, Afrikaning muvaffaqiyat hikoyasining bir bo’lagi bo’lish niyatini yana bir bor to’g’riladi.

Aniqroq qilib aytganda, Turkiyaning Afrika bilan bo’lgan munosabati bir kunda ishga oshgan masala emasdir. Turkiya qit’aga yetib borish uchun 1990-yillarda qadam tashlay boshlagan. Bu qadamlar Adolat va taraqqiyot partiyasi davridagi Turkiyaning tashqi siyosati say-harakatlari orqali esa yana-da sistematik va qarorli holga aylandi. Bundan roppa-rosa 11 yil oldin yani 2005-yili Bosh vazir Erdog’an hukumati, mintaqadagi hamkorlarimiz bilan yana-da yaqin hamkorlik o’rnatish, yangi do’stlar orttirish va qit’aning o’z salohiyatini oshirishi uchun yordam berish maqsadida Afrika sayohatlarini boshlatdi. Bu diplomatik say-harakat Istanbul-Malaboda bo’lib o’tgan Turkiya-Afrika hamkorlik sammiti bilan davom etdi.

Turkiya xalqi uchun yurtning Sharqiy Afrika davlatlari hamkorligidagi eng asosiy davr, Erdog’anning 2011-yildagi qurg’oqlik va ochlik avj olgan vaqtda amalga oshirgan tarixiy ziyoratdir. Inqiroz 250 ming umrga zomin bo’lgan bir paytda, Erdog’an u insonlarning yolg’iz emasligini aytdi va takror oyoqqa turishlari uchun ularga yordam qo’lini cho’zish uchun va’da berdi.

O’tgan oyda Istanbulda bo’lib o’tgan Butunjahon Insonparvarlik sammitida Afrikaning 32 davlatidan tashrif buyurgan liderlarni mehmon qilgan Turkiya, Sharqiy Afrikaga obro’yi va minnatdorchiligi bilan qaytdi.

Oxirgi yillarda Turkiya Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi (TIKA) dunyoning 30dan ortiq davlatida taraqqiyot loyihalari yuritish uchun 15ta ofis ochdi. Turkiya, faqatgina 2012-2013-yillarning o’zida, Afrikada turli yordam faoliyatlari amalga oshirish maqsadida 800 million dollar mablag’ ajratdi. Ixtiyoriy turk xalqi va rahbariyati toliqmas mexnati ortidan tibbiy yordam, oziq-ovqat va boshqa sohada millionlab insonga hursandchilik baxsh etdi.  

Turkiya o’tgan yili tibbiy xodimlarga ta’lim berib, bemorlarni davolash uchun Turk-Somali Ta’lim va tadqiqot kasalxonasi ochdi. Bu kasalxona Sharqiy Afrikadagi eng yirik tibbiy markazga aylandi.   

Say-harakatlarimiz faqatgina Sharqiy Afrika bilan cheklanib qolgani yo’q. G’arbiy Afrikada 2014-yili ebola epidemiyasi tarqab ketganidan keyin, Turkiya Respublikasi Bosh vazirlik qoshidagi Ofat va Favqulodda vaziyat Boshqaruv rahbarligi Sierra Leone, Liberiya va Gvineyaga tibbiy ashyo bilan gumanitar yordam yetkazib berdi. Turkiya undan tashqari Mozambik va Janubiy Afrikada yuz bergan sel falokatida ham yordamga chopgan davlatlar orasida ilklardan edi.  

Turk nodavlat tashkilotlari bilan Prezidentlik qoshidagi Chet eldagi turklar va qardosh jamiyatlar rahbarligi say-harakati ostida 4.500dan ortiq afrikalik abiturient, Turkiyaning eng nufuzli universitet va kolejlarida o’qishga joylashtirildi.

Turkiya, bugungi kunda Afrikaning bir bo’lagiga aylangan vaziyatda. Har yili minglab ishbilarmon, talaba va oila dunyoning 32 davlatining 48 manziliga parvoz qilgan Turk havo yo’llari bilan sayohat qilmoqda.

Oxirgi 10 yil ichida Turkiya, Afrikadagi elchixona sonini besh barobarga orttirib jami 34 taga chiqardi.

Turkiya, bu muvaffaqiyatimizga qaramay Afrika xalqi uchun va ular bilan birgalikda yana-da mustahkam hamkorlik yuritish uchun qarorlilik bilan shaxdam qadamlar tashlashni davom ettirmoqda.

Uganda, Keniya va Somali doxil Sharqiy Afrikadagi do’stlarimiz xalqaro jamiyatning arzimagan yordami bilan o’z muammolarini hal qilishni davom ettirmoqda. Bu dunyoda muhojirlarga eng ko’p yordam bergan davlatlardan biri hisoblangan Turkiya, Afrika xalqining say-harakatiga e’tibor qaratishni davom ettirmoqda.

Turkiyaning nomi tilga olingan qit’aga qaratilgan iqtisodiy yordami, say harakatlari ayniqsa Afrikada davom etadi. Tijoratni qo’llab-quvvatlaydi, yangi ish imkonlari tashkil etib, mahalliy xalqni o’z oyog’ida turishiga kerakli barcha choralarni ko’raveradi. Turkiya, Afrika bilan yaqin hamkor bo’lib qolaveradi.

Erdog’anning tarixiy Sharqiy Afrika ziyoratida, dunyoning boy va kuchli davlatlarini Uganda, Keniya va Somaliga yordam berishga chaqirishi judayam muhimdir.  

Turkiyaning mintaqadagi ulkan muvaffaqiyatining siri barchaga ma’lum. Turkiyani muvaffaqiyatli yo’lga yetaklagan yagona kuch u, Turkiyaning mahalliy hamkorlariga hurmat bilan qarashi, yangi fursatlar yaratib, sohadagi maxnatkash insonlarni xafa qilishdan iroq turishidir.  

 



Aloqador xabarlar