Marmaris portlarida, hashamatli yaxtalar langar tashladi

Chunki dunyoning faqatgina 4 davlatida o'tkazilib kelinayotgan “35-Marmaris Yacht Charter Show” yarmarkasi bu yil Turkiyaning Mug’la viloyati, Marmaris tumanida boshladi.

489313
Marmaris portlarida, hashamatli yaxtalar langar tashladi

Turkiyaning Mug’la viloyati, Marmaris tumanida “35-Marmaris Yacht Charter Show” yarmarkasi boshladi.

Marmaris Xalqaro yaxta klubi tomonidan yaxta portlarida o’tkazilayotgan yarmarkada, narxi 5 million yevro bilan 56 million yevro o’rtasida o’zgargan, haftalik ijara narxi esa 15 ming yevro bilan 450 ming yevro o’rtasida o’zgargan judayam hashamatli yaxtalar ko’rgazmaga olib chiqildi.

Yarmarkada 40 ta yaxta va chet eldan kelgan 65 ta agent vakillari ishtirok etdi.   

Portda langar tashlagan hashamatli yaxtalar ham mahalliy xalq, ham da sayyohlar e’tiborini o’ziga rom etdi.

Ziyoratchilarni kutib olgan yaxta xodimlari, yaxtalar va ular bergan xizmatlari haqida ma’lumot bermoqdalar.  

Marmaris Xalqaro yaxta klubi rahbari Iskender Akbash, Anadolu agentligiga intervyu berar ekan o’ z so’zida, “Yacht Charter Show” yarmarkasining dunyo boylab faqatgina 4 davlatda o’tkazib kelinayotganligini aytdib o’tdi. 

Turkiyada, Marmarisda ham yaxta yarmarkasi o’tkazilib kelinayotganidan g’oyad hursand ekanligni tilga olgan Akbash, 35 yildan beri davom etib kelayotgan bu tadbirdan maqsadining Turkiyadagi yaxta turizmini rivojlantirish va yaxta egalari bilan chet el agentliklarini uchrashtirish ekanligini qayd etdi. Yarmarka, 15-mayda bo’lib o’tadigan katta ziyofat ortidan o’z nihoyasiga yetadi.



Aloqador xabarlar