Turkiya, Eron bilan biznes uchrashuvlarini orttirdi

Eron ham barcha ehtiyojlarini avvalom bor Turkiyadan ta'minlashni xohlaydi.

483184
Turkiya, Eron bilan biznes uchrashuvlarini orttirdi

Istanbul Sanoat palatasi, o’z tarixining ilk chet el ziyoratini Eronga qaratdi.

Ushbu ziyorat chog’ida 70 kishilik hay’at bilan Tehronga borgan Istanbul Sanoat palatasi Boshqaruv Kengashi raisi Erdal Bahchivan, Texnologiya va sanoat vazirlari bilan maxsus yig’ilish o’tkazar ekan, Turk firmalari ham eronlik 202 firma bilan uchrashdi.

Erdal Bahchivan, eronlik vazirlar tomonidan iliq qarshi olinganliklarini va hamkorligining ta’minlanishi mavzusida hamfikr ekanliklarini aytib o’tdi.

Bahchivan;

“Ikki davlat hukumatlari o’rtasida 30 milliard dollarlik tashqi savdo rejasi bo’lishiga qaramay, yaqin kunlarda to’g’ri yo’l chizgudek bo’lsak unda buning 100 milliard dollarga chiqishi mumkin” dedi.

Eron Sanoat, mehnat va savdo vaziri Mohammad Reza Nematzadeh ham, ikki davlat ishbilarmonlarining mushtarak ish olib bora olishlari uchun Eronda to’rtta yangi sanoat mintaqasi tashkil etajaklarini bildirib, turk ishbilarmonlarni Eronga taklif qildi.

Eron va Turkiyaning o’z bozorlaridan tashqari, yaqin bozorlarda ham birgalikda ish yuritishlari kerakligini aytgan Nematzadeh,

“Har ikki davlat 50 foizlik o’rtoqlik bilan yangi avtomobil dizayn qilib, buni jahon bozoriga olib chiqishlari mumkin. Bizning nanotexnologiya bo’yicha muvaffaqiyatli tashkilotlarimiz bor. Buni birgalilkda jahonga eksport qilishimiz mumkin. Undan tashqari Eron bilan Turkiya halol sertifikatli mahsulotlar ishlab chiqarib, uni eksport qilish maqsadida yana-da yaqin hamkorlik qilishi mumkin” deya gapirdi.    

Eronning, Turkiya bilan iqtisodiy aloqalardan mas'ul Texnologiya va xabarlashuv vaziri Mahmoud Vaezi ham Eronning, embargolardan qutilganidan keyin munosabatlarini mustahkamlamoqchi bo’lgan ilk davlatining Turkiya ekanligini aytdi.

Murakkab kunlarda Eronning yonida bo’lganlarni hech qachon unutmasliklarini ta’kidlagan Vaezi,

“Bizning nimaga ehtiyojimiz bo’lsa, biz ularning barchasini avvalom bor Turkiyadan ta’minlashni xohlaymiz. Tabiiy gaz va neft sohasida siz bilan ish olib borishga, bugungi kunda bizdan ta’minlangan elektr energiyasinining 3-4 barobar ko’pini ham berishga tayyormiz. Ayni vaqtda turk banklariga barcha eshiklarimiz ochiq. Bu yerda, Eronda, o’z bo’limlarini ochishlari mumkin” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Turkiya , #embargo , #biznes uchrashuv

Aloqador xabarlar