Turkiya, terroristlarning Kilis hujmiga qarshi amaliyot uyushtirdi

Bu borada, Adanadagi Injirlik aviabazasidan parvoz qilgan qurolli 4ta haydovchisiz havo vositasi, nishonga olingan nuqtalarni vayron qildi.

482333
Turkiya, terroristlarning Kilis hujmiga qarshi  amaliyot uyushtirdi

Turk qurolli kuchlari bilan koalitsion kuchlarining, DEASh terror tashkilotining Suriyaning Tug’hali mintaqasidagi nuqtasiga qaratilgan harbiy amaliyotida 63 nafar terrorist o’ldirildi.

Ushbu amaliyot, terroristlarning Kilisga qaratilgan raketa hujmiga qarshi javob tariqasida uyushtirildi.

Adanadagi Injirlik aviabazasidan parvoz qilgan qurolli 4ta haydovchisiz havo vositasi 34 nafar terroristni o’ldirar ekan, nishonga olingan nuqtalarni ham vayron qilishga ulgurdi.

Amaliyotda, terroristlarga oid 6ta vosita va 5ta qurol o’rni ham yo’q qilindi.

Koalitsion kuchlarining DEASh nuqtalarini nishonga olgan boshqa amaliyotida esa 29 nafar terrorist o’ldirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turk qurolli kuchlari , #Kilis , #DEASh

Aloqador xabarlar