Vatan tinchligini himoya qilgan yana 3 politsiya xodimi shahid bo'ldi

Turkiyada, PKK terror tashkilotiga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda.

473579
Vatan tinchligini himoya qilgan yana 3 politsiya xodimi shahid bo'ldi

Mardinning Nusaybin tumanida, terroristlar bilan politsiya xodimlari o'rtasida to'qnashuv yuz berdi. Ushbu to'qnashuv oqibatida tan jarohati olgan 1 nafar politsiya xodimi olib borilgan kasalxonada shahid bo'ldi.

1-apreldan beri Gulhane Harbiy Tibbiyot Akademiyasida davolanayotgan politsiya xodimi, kecha oqshom vaqtlarida shifokorlarning barcha urunishlariga qaramay shahid bo'ldi.

Turkiyaning Van viloyatida ham terroristlarga qarshi yuritilgan amaliyot chog'ida to'qnashuv yuz berdi. Ushbu to'qnashuv oqibatida 1 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi.

Olingan ma'lumotga ko'ra, Van Milliy politsiya idorasi guruhi bir uyda amaliyot boshlatdi. Ushbu amaliyot chog'ida ham terroristlar bilan to'qnashdi.

Oqibatida 2 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.

Kasalxonaga olib borilgan yarador politsiya xodimlaridan biri, barcha urinishlarga qaramay shahid bo'ldi.

Amaliyot chog'ida 1 nafar terrorist o'ldirildi, 1 nafar terrorist esa yarador holda qo'lga tushirildi.

Bingo'lda ham, terrorga qarshi yuritilgan amaliyot chog'ida 3 nafar terrorist o'ldirildi. Amaliyot chog'ida 1 nafar qishloq soqchisi tan jarohati oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorga qarshi kurash , #shahid

Aloqador xabarlar