Yana 2 nafar politsiya xodimi vatan uchun jon berdi

Ular Turkiyaning Mardin va Hakkari viloyatlarida PKK terror tashkilotiga qarshi yuritilgan amaliyotda xizmat qilayotgan edi.

472784
Yana 2 nafar politsiya xodimi vatan uchun jon berdi

Mardinning Nusaybin va Hakkarining Yuksekova tumanlarida kecha terroristlar yana hujum uyushtirdi. Oqibatida 2 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi.

Nusaybinda, xavfsizlik kuchlari amaliyot yuritar ekan terroristlar tomonidan avvaldan joylashtirib qo'yilgan portlaguvchi modda portlatildi.

Oqibatida esa 4 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.

Nusaybin Davlat kasalxonasiga olib borilgan yarador politsiya xodimlaridan biri shifokorlarning barcha urinishlatiga qaramay shahid bo'ldi.

Yuksekovadagi amaliyotlar chog'ida ham terroristlarning hujmi oqibatida 1 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi. 2 nafar harbiy esa tan jarohati oldi.

Tan jarohati olgan harbiylar, Yuksekova Davlat kasalxonasida davolanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #shahid , #Mardin , #Hakkari

Aloqador xabarlar