Turkiya Prezidenti Erdog'an IHT XIII Sammiti ishtirokchilariga Dolmabahche saroyida ziyofat berdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirar ekan, sammitda olingan qarorlar islom olamiga yaxshilik olib kelishiga tilakdosh ekanini tilga oldi.

471493
Turkiya Prezidenti Erdog'an IHT XIII Sammiti ishtirokchilariga Dolmabahche saroyida ziyofat berdi

Turkiyaning Istanbul shahrida Islom hamkorligi tashkilotining XIII Sammiti davom etmoqda.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an xorij davlatlardan sammitga tashrif buyurgan barcha mehmonlar uchun Dolmabahche saroyida ziyofat berdi.

Prezident Erdog'an ziyofatda so'zga chiqib, tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi va sammitda olingan qarorlar islom olamiga yaxshilik olib kelishiga tilakdosh ekanini tilga oldi.

Prezident Erdog'anning aytishicha, sammitni o'tkazishdan maqsad dunyodagi barcha musulmonlarga islom olamining birdam va hamjihat ekanini namoyon qilishdir.

Butun islom olamining kelajakka katta umid bilan qarashini ta'minlash maqsad qilinganini tilga olgan Erdog'an: “Umid qilamizki, ushbu sammit barchamiz uchun yangi davrni boshlashga turtki bo'ladi. Mazkur sammit natijasida qon to'kilishini to'xtatish va biroz bo'lsa ham insonlarning ko'z-yoshini tindirishni niyat qilyabmiz",-dedi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an: “Oldimizda katta muammolar mavjud. Juda jiddiy masalalarni hal qilish uchun kurashyabmiz va murakkab davrni boshimizdan o'tkazyabmiz. Lekin, hech qachon umidimizni yo'qotmadik. Biz musulmonlarda yomon niyat yo'q. BMTdan keyin eng katta xalqaro tashkilot bo'lgan Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar sifatida hamjihat bo'lish bizni porloq kelajakka yetaklaydi. Bu tamoyil bilan harakat qilganimizda kelajagimizning yana ham porloq bo'lishiga ishonaman",-dedi.

Turkiyaning Islom Hamkorlik Tashkilotiga raisligi jarayonida ushbu maqsadlarga erishish uchun katta g'ayrat ko'rsatishlarini tilga olgan Erdog'an: “Bu yo'lda a'zo davlatlarning hissasi muhim. Sammitning muvaffaqiyati barchamizning, tashkilotning va butun islom olamining muvaffaqiyatidir",-dedi.



Aloqador xabarlar