Mardinda terroristlar bilan otishmada 5 askar va 1 politsiya xodimi halok bo'ldi

Mardinning Nusaybin tumanida komendantlik soati e'lon qilingach, operatsiyalar kuchaytirildi.

463581
Mardinda terroristlar bilan otishmada 5 askar va 1 politsiya xodimi halok bo'ldi

Turkiyaning sharqida terrorizmga qarshi operatsiya davom etmoqda.

Mardinning Nusaybin tumanida terroristlar bilan otishma paytida 5 askar va 1 politsiya xodimi halok bo'ldi.

Shirnak viloyatida ham 1 askar halok bo'ldi.

Nusaybinda 14 mart kuni komendantlik soati e'lon qilingach, operatsiyalar kuchaytirildi.

Komendantlik soati boshlangandan beri Turk Qurolli kuchlari bilan xavfsizlik xodimlari hamkorlikda terroristlarni qo'lga tushirish, hududlarni portlovchi moddalardan tozalash, yo'llarda qazilgan chuqurlarni to'ldirish va aholi tinchligini buzish holatlarini oldini olish kabi vazifalarni bajarmoqda.

Tumandagi operatsiyalarda terroristlar tomonidan joylashtirilgan qo'lbola bombaning to'satdan portlashi oqibatida 5 askar va 1 politsiya xodimi halok bo'ldi, 4 politsiya xodimi jarohatlandi.

Shirnakdagi operatsiyalarda esa, terroristlar tomonidan sodir qilingan qurolli hujumda bir askar og'ir yaralandi.

Yarador askar shifoxonada olamdan o'tdi.

Hakkarining Yuksekova tumanida olib borilgan operatsiyalarda 16 terrorist o'ldirildi.

Tunjelidagi operatsiyalarda terroristlarga tegishli ikki nafar yerto'la topildi.

Topilgan yerto'la bilan ko'plab qo'lbola bomba yo'q qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #operatsiya , #terrorist , #askar , #politsiya

Aloqador xabarlar