Kechagi Diyarbakir hujumida 7 nafar militsiya xodimi shahid bo’ldi

Bu dahshatli hujum, terroristlar tomonidan bomba yuklangan mashinaning portlatib yuborilishi oqibatida yuz berdi.

462591
Kechagi Diyarbakir hujumida 7 nafar militsiya xodimi shahid bo’ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati, Bag'lar tumanida militsiya xodimlari mashinasi o'tar chog'ida terroristlar tomonidan bombali hujum uyushtirildi. Oqibatida esa 7 nafar militsiya xodimi shahid bo'ldi.

Bomba yuklangan mashinaning portlatilib yuborilishi natijasida yuz bergan hujumda 13 nafari militsiya xodimi bo'lish bilan birga jami 27 kishi tan jarohati oldi.

Portlash kuchi, atrofga katta ziyon yetkazdi.

Ushbu portlash chog'ida Prezident Erdog'an Yadroviy xavfsizlik sammitida ishtirok etish maqsadida AQShda edi.

Vaqtni boy bermay Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Efkan Aladan ma'lumot olgan Janob Prezident portlashni keskin qoralar ekan, shahid oilalariga hamdardlik bildirdi.

Brookings nomidagi institut tomonidan uyushtirilgan panelda nutq so'zlagan Erdog'an, “terror balosini, yurtimiz kun tartibidan chiqaramiz" deya gapirdi.

Bu hujumning terrorga qarshi kurash jarayonini to'xtata olmasligini aytgan Erdog'an, PKK va uning qanotlarining haqiqiy yuzini barchaning ko'rishi kerakligini ifodaladi.


Tanlangan kalimalar: #Diyarbakir , #bombali hujum , #shahid

Aloqador xabarlar