Turkiyaning Shirnak viloyatida bir politsiya xodimi halok bo'ldi

Operatsiyalar kuchaytirilgan Dijle mahallasida terroristlar bilan xavfsizlik kuchlari o'rtasida otishma yuz berdi.

461160
Turkiyaning Shirnak viloyatida bir politsiya xodimi halok bo'ldi

Turkiyaning Shirnak viloyatida terror tashkiloti PKKga qarshi operatsiya davom etmoqda.

Operatsiyalar kuchaytirilgan Dijle mahallasida terroristlar bilan xavfsizlik kuchlari o'rtasida otishma yuz berdi.

Otishmada boshidan og'ir yaralangan politsiya xodimi shifoxonada olamdan o'tdi.

Viloyat markazida terroristlarni qo'lga tushirish, hududni portlovchi moddalardan tozalash, portlovchi moddalarni ko'mish uchun qazilgan chuqurlarni to'ldirish, beton devorlarni olib tashlash, xalqning xavfsizligini ta'minlash maqsadida komendantlik soati e'lon qilindi.

Bundan tashqari, Batman viloyatining Gerjush tumanida olib borilgan operatsiyada 7 kishi qo'lga olindi.

Operatsiyada ko'plab qurol-aslaha va o'q-dori qo'lga tushirildi, shubhali ikki kishi qidirilmoqda.

Istanbulning Sultongazi dahasida havodan vertolyotlar vositasida olib borilgan operatsiya chog'ida bir nashriyot uyida tintuv o'tkazildi.



Aloqador xabarlar