Davuto’g’li, Donald Tusk bilan matbuot anjumani o’tkazdi

Bosh vazir anjuman chog'ida, Bryussel sammitida, Turkiya nomidan Yevropa ittifoqiga taqdim etilgan muhojirlar muammosi haqidagi taklif bilan 13-mart kuni Anqarada yuz bergan terror hujumiga to'xtaldi.

452001
Davuto’g’li, Donald Tusk bilan matbuot anjumani o’tkazdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Ahmet Davuto'g'li Bryussel sammitida, Turkiya nomidan Yevropa ittifoqiga taqdim etilgan muhojirlar muammosi haqidagi taklifning axloqiy javobgarchilik doirasida tayyorlanganligini aytdi.

Chankaya Ko'shkida Yevropa ittifoqi Kengashi rahbari Donald Tusk bilan mushtarak matbuot anjumani o'tkazgan Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li,

“Bu taklifning eng asosiy maqsadi odamgarchilikdir. Bundan buyon odam bolasining Egey dengizida o'lib ketmasligi uchun axloqiy javobgarchilik sifatida tayyorlandi" dedi.

Turkiyaning niyati ma'lum degan Davuto'g'li,

“Biz hech qachon masalaga moddiy masala sifatida qaramadik. Bu masala odamgarchilik masalasidir" degan ifodalarga o'rin berdi.

Turkiyaga kelgan har bir muhojir uchun yangi borgan yoki noqonuniy yo'llar orqali borishga harakat qilgan muhojirlarning Yevropa tomonidan qabul qilinishi, shu yo'l orqali esa tartibsiz va xavfli muhojirlik jarayonining oldi olinishi mumkinligini aytgan Davuto'g'li:

-“Buning uchun bir necha texnik faoliyatlar olib borishimiz shartdir. Xodimlarimiz bu haqida ish olib bormoqdalar" dedi.

Yevropa ittifoqi Kengashi rahbari Donald Tusk, Anqarada 13-mart kuni yuz bergan terror hujumini keskin qoralagan holda,

“Terrorizmni yangi va oddiy hayot deya qabul qilolmaymiz. Nima bo'lishidan qat'iy nazar biz har doim terrorizmga qarshi kurashishni davom ettiramiz" dedi.

Tusk, Turkiya bilan bir yoqadan bosh, bir yengdan qol chiqarib terrorga qarshi kurashajaklarini yana bir bor ta'kidladi.



Aloqador xabarlar