“Qush tili”, UNESCO ro’yhatiga kiritilmoqchi

Qush tili, Qushko'y qishloq aholisiga maxsus xabarlashuv tilidir.

437767
“Qush tili”, UNESCO ro’yhatiga kiritilmoqchi

Turkiyaning Giresun viloyati, Chanoqchi tumaniga qarashli Qushko'y qishlog'i aholisi tomonidan “xabarlashuv tili" olaroq foydalanilgan “Qush tili" UNESCOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yhatiga kiritilmoqchi.

Bu doirada Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan UNESCOning turkiyalik vakillaridan tashkil topgan hay'at, Giresun shahar hokimiyatida o'tqazilgan yig'ilishda nomzodlik uchun tayyorgarlik faoliyatlarini boshlatdi.

Giresundagi Madaniyat va turizm mudirligi mudir o'rinbosari Hulusiy Gulech, Qushko'y qishlog'i tomonidan qush tilining asrlardan beri, mintaqada, xabarlashuv tili sifatida foydalanilayotganligini aytdi.

Uch kun davom etadigan faoliyat natijasida, barcha tayyorgarliklarning tamomlanajagini ham qo'shimchalagan Gulech, “Qush tili"ni, UNESCOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yhatiga kiritish uchun 5 yildan beri kurashayotganliklarini ham eslatdi.


Tanlangan kalimalar: #Giresub , #qush tili , #UNESCO

Aloqador xabarlar