Diyarbakirdagi operatsiyada 2 politsiya xodimi halok bo'ldi

Diyarbakirda terror tashkiloti DAIShga qarshi yuritilgan operatsiyada 2 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi, 5 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.

358701
Diyarbakirdagi operatsiyada 2 politsiya xodimi halok bo'ldi


Xavfsizlik kuchlari Diyarbakirning Kayapinar tumanida bir qator uyga erta tongda bosqin uyushtirdi.
Operatsiya paytida tashkilotning hujra uylaridan birida politsiya xodimlariga o’q uzildi.
Bomba va uzun masofali o’q otar qurollardan foydalanilgan otishmalarda 2 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi, 5 politsiya xodimi yaralandi.
Tongi soat 04:00da boshlangan operatsiya tahminan 5 soat davom etdi.
Ikki qavatli uyga makon qurgan terroristlar politsiya xodimlari tomonidan o’rab olindi.
Otishmalar paytida atrofdagi barcha yo’llar o’q o’tmas harbiy vositalar bilan to’sib tashlandi.
Mahalliy aholi uylaridan chiqmaslik haqida ogohlantirildi, mahalladagi ikki maktabga dam berildi.
12 terrorist tiriklayin qo’lga tushirildi va uylarda tintuv davom etmoqda.
Operatsiya paytida halok bo’lgan politsiya xodimlari uchun janoza marosimi o’tkazildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar