Turk F-16 uchoqlari DEASh nishoniga qarab oq uzdi

Turk qurolli kuchlariga oid F-16 harbiy uchoqlari DEASh tomonidan, oldindan belgilangan nishoniga qarshi harbiy amaliyot uyushtirdi.

347076
Turk F-16 uchoqlari DEASh nishoniga qarab oq uzdi

Bosh vazirlik Koordinatsiya markazi tomonidan ma’lum qilinishicha Diyarbakirdan parvoz qilgan 3 dona F-16 uchog’i, terror tashkilotiga oid 2 qarorgoh bilan birga bir yig’ilish nuqtasini bombalab, bazalariga qaytdilar.

Izohatga ko’ra DEASh terror tashkilotiga oid Suriya chegarasi hududidagi nishonlarga qaratilgan harbiy amaliyot qarori kecha Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li rahbarligida Chankaya ko’shkida o’tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig’ilishida qabul qilingan edi.

Izohatda undan tashqari terror tashkilotlari buyrug’i bilan davlat tartibini xavf ostiga olgan faoliyatlarga qo’l urgan, fuqarolarga va xavfsizlik xizmati xodimlariga qarshi qurolli hujum uyushtirgan va hujum uyushtirish arafasida ekanligi aniqlangan bir necha kishiga qarshi bir vaqtning o’zida 13 viloyatda amaliyot uyushtirilganligi va 251 nafar kishining nazoratga olinganligi aytildi.

Shuningdek, “Turkiya Respublikasi kecha bo’lganidek bugun ham DEASh, PKK va boshqa xalqaro terror tashkilotlari ila har tomonlama kurashish mavzusida qarorlidir” deyildi.

Xalqning tinchligi va xavfsizligi uchun har qanday tadbirning olinganligi ta’kidlandi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar