Gaziantepda Xalqaro Turk-Qatar universiteti ochiladi

Janob Avji, Turkiyadagi suriyaliklarning tahsili uchun, qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida so'z qildi.

273947
Gaziantepda Xalqaro Turk-Qatar universiteti ochiladi

Xalq ta’limi vaziri Nabi Avji, Turkiyaning janubidagi viloyatlarda istiqomat qilayotgan suriyaliklarning tahsili uchun, o’quv dasturiga bir qator o’zgartirishlar kiritganligini aytdi.

Avji, Turkiyada istiqomat qilayotgan suriyaliklarning tahsil haqidagi muammolarini hal qilish uchun, Gaziantepda xalqaro bir universitet ochilajagini aytdi.

O’z yurtlaridagi ichki urushdan qochib Turkiyadan boshpana izlagan suriyaliklarga atab maktablar ochganliklarini ta’kidlagan Avji, atalgan maktablarda o’qigan suriyaliklar uchun Suriyaning o’quv dasturiga amal qilinayotganligini ham qo’shimchaladi.

Janob Avji, bir hafta ichida 5 soat turk tili sabog’i olgan suriyaliklarning turk tilini ham tez o’rganib ketganliklarini belgiladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar