Turkiyada 2015 yilning 7 iyun kuni umumiy saylov o'tkaziladi

Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko’ra, joriy yilning 24 aprel kuni deputatlikka nomzodlar ro’yxati bilan mustaqil nomzodlar e’lon qilinadi.

204904
Turkiyada 2015 yilning 7 iyun kuni umumiy saylov o'tkaziladi

Turkiyada umumiy saylov kuni belgilandi.
Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko’ra, saylov oldi tashviqotlar joriy yilning 10 mart kunidan e’tiboran boshlanadi.
Mamlakatda saylov2015 yilning 7 iyunkuni o’tkaziladi.
24 aprel kuni deputatlikka nomzodlar ro’yxati bilan mustaqil nomzodlar e’lon qilinadi.
8 may kuni esa, xorijdagi fuqarolar uchun bojxonalarda va Turkiyaning xorijdagi elchixonalarida tashkil qilingan ovoz berish uchastkalarida ovoz beriladi.
7 iyun kuni xalq Turkiya Respublikasi Majlisining Qonunchilik palatasiga deputatlarni saylash uchun ovoz beradi.

Bundan tashqari, saylovga qaysi partiyalarning ishtirok etishi ham aniqlandi.
Markaziy saylov komissiyasi 25-Deputatlar umumiy sayloviga 31 partiyaning qatnashishini ma’lum qildi.

Shuningdek, kamida 6 oy oldin tashkil topgan va ulkan kongres o’tkazgan siyosiy partiyalarning ham 2015 yilning 7 iyun kuni bo’lib o’tadigan saylovga qatnashishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar