Turkiya Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyanni tanqid qildi

Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan Turkiyadagi Chanakkale urushining 100 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan marosimlarga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’andan olgan taklifni qoralagan edi.

204813
Turkiya Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyanni tanqid qildi

Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan Turkiyadagi Chanakkale urushining 100 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan marosimlarga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’andan olgan taklifni tanqid qildi.
Ushbu tanqidga nisbatan fikrini ifoda etgan Turkiya Prezidentlik kotibi İbrahim Kalin, “Sarkisyanning xurmatli prezidentimiz Erdog’anning taklifiga nisbatan diplomatik qoidalarga hilof ifodalarni tilga olganini qabul qilish mumkin emas. Janob Sarkisyanning insonga yarashmagan bu uslubini qoralaymiz”-dedi.
İbrahim Kalin bu haqda quyidagilarni tilga oldi: “Turkiya va Armanistonning mushtarak tarixini yaqindan qiziqtirgan qatliom davrining tarixshunoslar tomonidan tekshirilishi maqsadida xurmatli prezidentimiz 2005 yili mushtarak tarix komissiyasini tuzishni taklif qilgan edi. 2009 yiliTurkiya-Armaniston aloqalarining izga tushishiga olib keladigan protokollarning imzolanishini ta’minladi. Bunga qo’shimcha ravishda 2014 yilning 23 aprel kuni butun armanlarga taziya maktubini e’lon qildi. Lekin, Armaniston Turkiyaning bu munosabatini e’tiborga olmadi. Armaniston hukumati afsuski, 1915 yil voqealarini siyosatdan yiroq tarzda tarixshunoslar nazarida ilmiy tekshirishga yondashmayotir. Qolaversa, YuqoriQorabog’ning ishg’oliga yakun yasab Turkiya va Ozarbayjon bilan bo’lgan munosabatlarini izga tushirishga va mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga yondashmayotir. Bu esa, avvalo Armaniston va armanlarga zarar bermoqda”-dedi.
İbrahim Kalin bunga qaramasdan turk-arman do’stligi abadiy davom etishini tilga oldi.
Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ham qoralandi.
Tashqi ishlar vazirligi: “Turkiya Armanistonga do’stona qo’l uzatdi, lekin bu takror ko’rmaslikka olindi. Turkiyaning taklifiga yarashmagan uslub bilan munosabatda bo’lganini guvohi bo’lib turibmiz”-deya fikr bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar