"Xalqaro xavfsizlik uchun har turli chora-tadbir olinadi"

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, kuni kecha AK Parsiya Viloyat Rahbarlari yig'ilishiga qatnashdi.

140962
"Xalqaro xavfsizlik uchun har turli chora-tadbir olinadi"

"Xalqaro xavfsizlik uchun har turli chora-tadbir olinadi"  

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, Kuni kecha AK Partiya Viloyat Rahbarlari yig'ilishiga qatnashdi.

Ahmet Davutog'lu u yerdagi ma'ruzasida mintaqaviy o'zgarishlarga to'xtalib o'tdi.

Bosh Vazir, Suriyadan kelganlar sonining 160 mingni o'tganini, Turkiyaning 'Ochiq eshik' siyosatining insonlarni ayirmasdan davom etganiga diqqat qaratdi.

Davutog'lu, yechim jarayonining, Etnik va mazhablararo to'qnashuvlar bilan taranglik avj olgan Yaqinsharqning o'z hikoyasi bo'lganini izohladi.

İroq Damashk Islom Davlati terror tashkiloti mavzusiga to'xtalib o'tgan Bosh Vazir; milliy xavfsizlik uchun har turli chora-tadbir olinishini izohladi.

Turkiyada barqarorlikning davomli bo'lishining ilk sharti, atrofda tinchlik va barqarorlik o'rnatish bo'lganini ifoda etgan Davutog'lu, "Har qalay harbiy amaliyot hududga tinchlik va barqarorlik keltiradigan bo'lsa uni dastaklashga tayyormiz". deb ma'ruza qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar