Bugun Ozarbayjonda mahalliy saylov bo‘lib o‘tmoqda
Mustaqillikka erishilganidan beri shu bilan oltinchi marta uyushtirilgan mahalliy saylovlarda ozarbayjonliklar majlis a’zolarini saylab olish uchun saylov uchastkalariga yo‘l olmoqda.
2235594

Ozarbayjonda shahar, shaharcha va qishloq munitsipal okrugi kengashlari deputatlari uchun saylov bo‘lib o‘tmoqda.
Mustaqillikka erishilganidan beri shu bilan oltinchi marta uyushtirilgan mahalliy saylovlarda ozarbayjonliklar majlis a’zolarini saylab olish uchun saylov uchastkalariga yo‘l olmoqda.
Ovoz berish ishlari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlangan saylovda 16 ming 92 nafar nomzod 685 ta munitsipalitetning 8 ming 71 ta majlis a’zoligi uchun kuch sinashmoqda.
Roppa – rosa 5 million 961 ming nafar saylovchi ovoz berishi kerak bo‘lgan saylovda ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 19:00da yakunlanadi.
Ozarbayjon qonunlariga ko‘ra mahalliy saylovlarda avval bor majlis a’zolari, keyin esa bu a’zolar orasidan mer saylab olinadi.