Qozog‘iston g'arbida arxeologik qazilmalar olib borilmoqda

Qozog‘istonning Kaspiy dengizi mintaqasidagi Atirov viloyatida Sarmatlar davriga oid qabrlarda olib borilgan qazilma ishlari natijasida qadimiy asarlar topildi.

2234949
Qozog‘iston g'arbida arxeologik qazilmalar olib borilmoqda

 

Qozog‘istonning Kaspiy dengizi mintaqasidagi Atirov viloyatida Sarmatlar davriga oid qabrlarda olib borilgan qazilma ishlari natijasida qadimiy asarlar topildi.

Atirov gubernatorligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, mintaqadagi "Karabau-2" qo'rg'onida so'nggi 2 yildan beri arxeologik qazilmalar olib borilmoqda.

Qo‘rg‘ondagi 9 ta qabrning 7 tasida inson suyaklari, shuningdek, eramizdan avvalgi VI asrdan milodiy IV asrgacha hududda yashagan ko‘chmanchi otliq xalq Sarmatlarga tegishli zargarlik buyumlari, qurol-yarog‘ va sopol idishlar topilgan. 

Qazib olingan ashyolar ilk bor Atirov tarixiy muzeyida tashkil etilgan ko‘rgazmada namoyish etildi.

Ikki tomonida tog‘ qoploni tasvirlangan va og‘irligi taxminan 370 gramm bo‘lgan tilla bilaguzuk tashrif buyuruvchilarning e’tiborini tortdi.

Qozoq arxeolog Marat Kasenovning aytishicha, Atirov viloyati olimlar tomonidan Sarmatlar imperiyasi hukmronlik qilgan hudud sifatida ta’riflangan.

“Sarmatlar davriga oid topilgan qadimiy artefaktlarning umumiy soni 1000ga yaqin. Ulardan 100 tasi tilla taqinchoqlardir. Zargarlik buyumlarida ko'pincha bir vaqtlar mintaqada yashagan leopard, yovvoyi cho'chqa va yo'lbars kabi yirtqich hayvonlarning suratlari aks ettirilgan. Oxirgi qazilma ishlarimiz natijasida yurtimizdan topilgan ashyolar orasidan yaxshi saqlanib qolgan ikkita yog‘och kosa ham topildi",-deydi u.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston

Aloqador xabarlar