Ozarbayjon Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

Ozarbayjon Suriyaga 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi.

2225367
Ozarbayjon Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

Ozarbayjon, Suriyaga 200 tonna oziq - ovqatdan iborat insonparvarlik yordami yubordi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi rasmiylari, 200 tonna oziq – ovqat yordami yuklangan 10 ta yuk tashuvchi mashinani poytaxt Bokudan kuzatib qo‘ydi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ayhan Xojizoda, matbuotga bergan bayonotida, yuqorida nomi tilga olingan yuk tashuvchi mashinalarning Gruziya va Turkiya orqali Suriyaning Idlib shahriga yetkazib berilishini qayd etdi.

Xojizoda, Ozarbayjondan yuborilgan yordamning Turkiya Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi qoshidagi Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish yetakchiligi (AFAD) ko‘magida  muhtojlar qo‘liga topshirilishini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar