Aliyev samolyot halokati uchun Rossiyaning tovon to‘lashi kerakligini qayd etdi
Ilhom Aliyev, Aktau yaqinidagi samolyot halokati uchun Rossiyaning tovon to‘lashi kerakligini qayd etdi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya, urib tushirilgan samolyot uchun tovon to‘lashi kerakligini qayd etdi.
Aliyev Qozogʻiston yaqinida halokatga uchragan Ozarbayjon Havo yoʻllariga oid yoʻlovchi samolyotining, Rossiya havo hududida shikastlangani va shu bois nazorat qilish imkoni yoʻqolganini maʼlum qildi.
Rossiyaning samolyotga qarshi oʻt ochishi aql bovar qilmaydigan holat ekanini ifoda etgan Aliyev, Rossiya rasmiylari tomonidan ilgari surilgan qush urilib ketishi va gaz ballonining portlashi haqidagi iddiolarni tanqid qildi.
Aliyev Rossiyadan kechirim so‘rashini, aybiga iqror bo‘lishini va tovon to‘lashini talab qildi.
U, shuningdek, voqeani chuqur o‘rganishni talab qildi. Eng muhimi, Rossiyaning avvalgi pozitsiyasini tanqid qilib, mustaqil tergov o‘tkazish talabi rad etilganini ta’kidladi.
Aloqador xabarlar
Rossiya bilan O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi
Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekiston poytaxti Toshkentga rasmiy tashrif uyushtirdi.