TIKA qrim tatarlarining madaniy va diniy markazini yangilab berdi

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), qrim tatarlarining madaniy va diniy markazini yangilab berdi.

2223992
TIKA qrim tatarlarining madaniy va diniy markazini yangilab berdi

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Ukraina poytaxti Kiyevdagi qrim tatarlarining madaniy va diniy markazini yangilab berdi.

Agentlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Qrim Muxtor Respublikasi Musulmonlari Diniy boshqarmasi, Ukraina Musulmonlari ittifoqi va Ukraina Musulmon ayollar ittifoqi kabi muassasalar joylashgan Islom Madaniyati markazi binosi, (Ukraina bilan urushayotgan Rossiya tomonidan) havo hujumiga uchragandi.

Qayta tiklash faoliyati ortidan bino takror foydalanishga yaroqli holga keltirilar ekan ayni vaqtda, poytaxt Kiyevda yashovchi musulmonlarga ibodat qilish imkoni bergan masjid ham yangilandi.

Avval yana TIKA tomonidan Ukraina Musulmon ayollar ittifoqi tarkibida ochib berilgan chevarxona o‘rin olgan bino ziyon ko‘rgan derazalar, eshiklar, devorlar va yoritish tizimlari ta’mirlanishi ortidan qayta ishlay boshladi.

Ukrainadagi Islom Madaniyat markazi tatar turklarining diniy va madaniy muassasalariga mezbonlik qilish orqali musulmonlar uchun ibodatxona sifatida xizmat bermoqda. Bu markaz Ukrainadagi urush sharoitida musulmonlarning diniy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynamoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar