Aktau yaqinidagi samolyot halokati ustidan olib borilgan tergov masalasi qo‘lga olindi

Qasim - Jo‘mart To‘qayev bilan Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

2225073
Aktau yaqinidagi samolyot halokati ustidan olib borilgan tergov masalasi qo‘lga olindi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, unda, Ozarbayjon Havo yo‘llariga (AZAL) oid samolyotning Aktau shahri yaqinida halokatga uchrashi masalasi ustidan olib borilgan tergov jarayonini qo‘lga oldi.

Rossiya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda To‘qayev bilan Putin, bir – biriga hamdardlik bildirdi.

To‘qayev muloqot chog‘ida, Qozog‘iston hukumati tomonidan tuzilgan komissiyaning halokat ustidan tergov ishlari olib borayotgan Ozarbayjon, Rossiya va Braziliya ekspertlari ishtirokida davom etayotganini qayd etdi.

To‘qayev bilan Putin, tergovning shaffofligini ta’minlashning ahamiyatini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz:

Joriy 2024 – yilning 25 - dekabri kuni Boku - Grozniy qatnovini amalga oshirayotgan AZAL Embraer 190 rusumli samolyot Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida halokatga uchragandi.

Mazkur voqea oqibatida 38 kishi halok bo‘lar ekan, 29 kishi qutqarildi.

AZAL tomonidan berilgan ilk ma’lumotga ko‘ra, samolyot tashqi jismoniy va texnik ta’sirlar natijasida halokatga uchragan

Turkiyaning Anado‘lu axborot agentligi (Anadolu ajansı)ga intervyu bergan ozarbayjonlik rasmiylar, samolyotning rus «Pantsir - S» havo mudofaa tizimi hujumiga maruz qolgani haqidagi iddiolarning to‘g‘ri ekanini tasdiqlagandi.



Aloqador xabarlar