Turk Dunyosi g'oyasi qabul qilindi: Tafsilotlar TRT Xabarda

Dunyoning kuchayib borayotgan qudrati - Turkiy Davlatlar Tashkiloti kundan kunga o’z kuchini va birligini oshirib bormoqda.

2213421
Turk Dunyosi g'oyasi qabul qilindi: Tafsilotlar TRT Xabarda

 

Mushtarak tarix, mushtarak adabiyot, mushtarak madaniyat... Turk Dunyosi Turk Davlatlari Tashkiloti bilan o’z kuchini yanada mustahkamlaydi. Turkiy davlatlar rahbarlari qardoshlik rishtalarini mustahkamlash va hamjihatlik ruhini saqlab qolish uchun Umum Turk dunyosi g‘oyasini qabul qildilar. Xo'sh, Turk dunyosi g'oyasi nima? Tafsilotlar TRT Xabarda...

Dunyoning kuchayib borayotgan qudrati - Turkiy Davlatlar Tashkiloti kundan kunga o’z kuchini va birligini oshirib bormoqda.

Turk dunyosi mushtarak tarix, mushtarak geografiya, mushtarak adabiyot, mushtarak xarita va mushtarak alifbo nuqtai nazaridan juda muhim qadamlar tashlamoqda. Turk Dunyosining birligi yo'lida yana bir yangi qadam tashlandi.

6 noyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammitida Turk dunyosi g'oyasi qabul qilindi.

 

Maqsad: Turkiy o'ziga xoslik asosida tarixiy, madaniy, til va an'anaviy aloqalarni mustahkamlash.

 

Turk dunyosi g'oyasi turkiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan muhim hujjatdir. Ushbu hujjat TDT (Naxchivan kelishuvi va Turk dunyosi 2040 Vision) doirasida ilgari qabul qilingan qarorlar va hujjatlar asosida tayyorlangan.

Turk dunyosi g'oyasida turkiy o‘ziga xoslik asosida tarixiy, madaniy, til va an’anaviy aloqalarni mustahkamlash, turkiy davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va xalqaro huquq tamoyillariga sodiq qolishga alohida e’tibor qaratilgan.

 

 

“Turkiy davlatlar birgalikda harakat qilganda yana ham kuchliroqdir”

 

Dotsent Ramin Sadiq Turkiy davlatlar birlashganda yanada kuchliroq, xavfsizroq va tinchroq mintaqaviy kuchga aylanishini ilgari surdi:

"Turkiy davlatlar joylashuviga ko'ra dunyoning "yuragi"da o’rin olgan. Tarix davomida ana shu "yurak"da birlik hosil qilgan turk imperiyalari dunyoning keng geografiyasida hukmronlik qilgan. Bugun biz yashayotgan davr mamlakatlarimizni “yurak”da alohida emas, balki birgalikda harakat qilishga undamoqda.

Turkiy davlatlar birgalikda harakat qilsalar, yanada kuchliroq, xavfsizroq, tinchroq mintaqaviy kuchga aylanadilar. Agar biz ittifoq tuzsak, dunyodagi eng samarali, kuchli va xavfsiz ittifoqqa aylana olamiz”.

 

“Enver poshoning Turkiston yaylovlarida shahid bo‘lishi hayolning emas, balki haqiqatning ifodasidir”.

 

Turkiy Davlatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan umumiy alifbo tashkilotga, shuningdek, iqtisodiyot, energiya, diaspora, madaniyat va hokazolarni ifodalovchi birlashtiruvchi bayroqni taqdim etadi. Tashkilot o’z sohalarida rivojlantiriladigan hamkorliklar bilan yanada kuchayishini ta'kidlagan dotsent Mustafo Sefa Chaqir, "Ilk qadamlar tashlangan 2009 yildan buyon sodir bo'lgan barcha o'zgarishlar, Turk dunyosining birligi bir hayoldan iborat emasligini ko'rsatmoqda. G'ozi Enver poshoning Turkiston yaylovlarida rus pulemyotlari qarshisida shahid bo'lishi hayoliy emas, balki voqelikning eng ixcham ifodalaridan biridir",- dedi.

 

“Turk ittifoqi endi ro’yobga chiqish imkoniyatiga ega”

 

Dotsent Ramin Sadiq ham Turk ittifoqining amalga oshishi orzu emasligini aytdi:

“Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy hamkorlik imkoniyatlari kundan-kunga ortib borar ekan, bu o’zaro hamkorlikni ittifoqqa aylantirish endi orzu emas. Bir paytlar orzu sifatida ko'rilgan Turk ittifoqi endi amalga oshishi uchun katta imkoniyatga ega. Mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin aloqalar, deyarli barcha sohalardagi hamkorlik va o‘zaro hamkorlikni yaxshilash istagi buni bizga yaqqol ko‘rsatib turibdi. Boshqa tomondan, bugungi kunda dunyoda turli mamlakatlarni birlashtirgan siyosiy ittifoqlar mavjud. Turk ittifoqi ham tuzilishi kerak va bu zarur. Chunki mamlakatlar oʻrtasidagi bunday yuqori darajadagi oʻzaro hamkorlikni birgalikda taʼminlash eng yaxshi afzallik boʻlar edi”.

 

Ushbu g'oyaning qabul qilinishi bilan Turk dunyosida ko‘plab muhim o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilmoqda: Hujjat muqaddimasida turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, til, fikr va amalda birlikni mustahkamlash g‘oyasi ilgari surilgan.

“Bir tilda so'zlashuvchi, bir dinga e'tiqod qiluvchi, mushtarak o'tmishga ega bo'lgan, kelajakni birgalikda qurish qat'iyatini namoyon etgan bu ittifoq vaqt o'tgan sayin ma'no va ahamiyat kasb etadi”

                                                           Dotsent Mustafo Sefa Chaqir

 

Yetakchilar umumiy turk dunyosi gʻoyasini qabul qildilar

 

Ushbu hujjatni imzolash orqali Turkiy davlatlar rahbarlari birodarlik rishtalariga ustuvor ahamiyat berish, birdamlik va umumiy turk dunyosi ruhini saqlash g‘oyasini qabul qildilar. Mazkur hujjat bilan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga muvofiq davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish va tinchlikni mustahkamlashning yangi tamoyillari belgilab berildi. Qolaversa, bu tamoyillarni Turkiya hamkorligi namunasi sifatida dunyoga g‘urur bilan ko‘rsatish mumkin.

Ushbu hujjatda mushtarak madaniy meros, mushtarak alifbo va mushtarak turk tili turkiy xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikning kelajakdagi hamkorlik jarayonining muhim bosqichlari sifatida e’tirof etilgan.

Turkiy davlatlar tashkiloti ushbu Nizomni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tashkilot Turkiy davlatlarning mushtarak manfaatlariga muvofiq hamkorlikni kuchaytirib, nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda Turk dunyosining ovozi bo'lish burchini ado etadi.

Barcha Turk Hamkorlik Tashkilotlari Nizomda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadilar va o‘z faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita orqali muvofiqlashtiradilar.

 

“Tilda, fikrda, ishda birlik”

 

“Turkiya asrida Turkiya erisha oladigan o’sish va kuchayish turk davlatlari o’rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko’tarib, Turkiy Davlatlar Tashkilotini siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy birlikka aylantira oladi. Shuning uchun Turkiya bu borada o'z mas'uliyatini anglaydi va yillar davomida shu ogohlik bilan qadam tashlamoqda"

                                   Dotsent Ramin Sodiq

 

Dotsent Mustafo Sefa Chaqir Prezident Erdo'g'anning jasur pozitsiyasi barchaga o'rnak bo'lishini ta'kidladi:

“Mamlakatimizning, ayniqsa, Falastin masalasida janob Rajap Tayyip Erdo’g’an yetakchiligida ko’rsatgan jasoratli pozitsiyasi barchaga o’rnak bo’ladi. Musulmon turklarning “ovozi” bo'lgan Ismoil Bey Gaspiralining ta'biri bilan aytganda, "tilda, fikrda va ishda birlik" ideali bugungi kunda o’z aksini topmoqda. Bundan buyon amalga oshirilishi kerak bo'lgan narsa bu qadamlarni oldinga siljitish va yosh avlod ishonchini fidokorona oqlashdir"


Tanlangan kalimalar: #Turk dunyosi , #TDT

Aloqador xabarlar