Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) uchun maxsus tanga ishlab chiqildi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) uchun «Tilda, fikrda, ishda birlik» degan shior bilan maxsus tanga ishlab chiqildi.
Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) uchun maxsus ishlab chiqilgan esdalik tanga, tashkilot tarkibidagi davlatlar oʻrtasidagi chuqur ildiz otgan aloqalar va hamkorlikning ramzi sifatida tayyorlandi.
Esdalik tanga, 6 - noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining 11 - sammiti chog‘ida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan davlat rahbarlariga sovgʻa qilindi.
Tanganing oldi tomonida Turkiy Davlatlar Tashkiloti logotipi va atrofida sakkiz qirrali Saljuqiy yulduzi oʻrin olar ekan, uning burchaklari Turkiy Davlatlari Tashkiloti qadriyatlarini ifodalaydi.
Orqa tomonida esa Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning bayroqlari va «Tilda, fikrda, ishda birlik» degan shior o‘rin olgan tanga, bronza metallga bosilgan bo‘lib, 900 liradan sotuvga qo‘yildi va 5 ming dona ishlab chiqarildi.