Shavkat Mirziyoyev Qozonda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
Shavkat Mirziyoyev Qozonda tantanali ravishda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Qozon shahriga bo‘lgan tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti - «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra yuksak mukofotni Shavkat Mirziyoyevga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu orden bilan O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Tatariston xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.
Aloqador xabarlar
Mirziyoyev: Falastin xalqi poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil davlat tuzishga to‘la haqli
Shavkat Mirziyoyev 11 - noyabr kuni navbatdan tashqari arab - islom sammitida nutq so‘zladi.