Anqarada “Turkiy davlatlar hamkorligining bugungi holati va istiqboli” nomli panel tashkil etildi

TDT tashkil etilishiga zamin yaratgan Naxchivan kelishuvining 15 yilligi va 3-oktyabr Turkiy davlatlar hamkorlik kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda Turkiy davlatlar o'rtasidagi hamkorlikning yutuqlari va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.

2194671
Anqarada “Turkiy davlatlar hamkorligining bugungi holati va istiqboli” nomli panel tashkil etildi

 

Kecha Anqara shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti tomonidan “Turkiy davlatlar hamkorligining bugungi holati va istiqboli” nomli panel tashkil etildi.

Tadbirda TDT Bosh kotibi elchi Kubanichbek O'miraliyev, Turkiy investitsiya fondi rahbari Bag’dot Amireyev, Turk akademiyasi rahbari proffesor Shahin Mustafoyev, TURKPA Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, Turk madaniyati va merosi fondi rahbari proffesor Aktoti Rayimqulova hamda turkiy davlatlardan tashrif buyurgan OAV vakillari ishtirok etdi.


TDT tashkil etilishiga zamin yaratgan Naxchivan kelishuvining 15 yilligi va 3-oktyabr Turkiy davlatlar hamkorlik kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda Turkiy davlatlar o'rtasidagi hamkorlikning yutuqlari va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.
TDT Bosh kotibi elchi Kubanichbek O'miraliyev tadbir ochilishida so’zga chiqdi.

O'miraliyev Turkiy davlatlar o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlarni aytib o’tdi. Shuningdek, Turk dunyosi farovonligi va birligi yo'lida hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta'kidladi.


Turkiy investitsiya fondi rahbari Bag’dot Amireyev qardosh davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya, qo‘shma loyihalar uchun muqobil manbalar yaratish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish kabi masalalarga to‘xtaldi.


Turk akademiyasi rahbari proffesor Shahin Mustafoyev Turk dunyosiga integratsiyalashgan ilmiy va madaniy loyihalar haqida gapirdi.


TURKPA Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er qardosh turk davlatlarini birlashtirgan aloqalar har sohada bo‘lgani kabi parlamentlar o‘rtasida ham kuchli darajaga etganini ta’kidladi.


Turk madaniyati va merosi fondi rahbari proffesor Aktoti Rayimqulova Turkiy davlatlarning tashkilot sifatida birlashishi qardoshlik rishtalarini mustahkamlovchi asos sifatida mushtarak o'zlikni saqlashga imkon berishini ta’kidladi. “Ma’naviy merosimiz bizning boyligimizdir. Bu ayni vaqtda o‘zligimizning mohiyati, bizga yo’l ko’rsatuvchi chiroqdir”, - dedi u.


TURKSOY Bosh kotib o'rinbosari Sait Yusufning ta’kidlashicha, Turk dunyosi aslida dunyo demakdir. Turk madaniyati va tarixi butun dunyoda samarali iz qoldirdi.

Panel yakunida tinglovchilarga panel ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatini taqdim etgan holda interaktiv savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

 

TDT 2009 yil 3 oktyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimiga muvofiq tashkil etilgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #TDT

Aloqador xabarlar