Jalolobod shahri «2025 - yil Turk dunyosining turizm poytaxti» - deb e’lon qilindi

Qirg‘izistonning Jalolobod shahri «2025 - yil Turk dunyosining turizm poytaxti» - deb e’lon qilindi.

2192740
Jalolobod shahri «2025 - yil Turk dunyosining turizm poytaxti» - deb e’lon qilindi

Turkiy davlatlari tashkiloti (TDT) tarkibidagi davlatlarning turizm vazirlarining toʻqqizinchi yig‘ilishida, Qirg‘izistonning Jalolobod shahri «2025 - yil Turk dunyosining turizm poytaxti» - deb e’lon qilindi.

Qirg‘iziston turizm boshqarmasi boshlig‘i Maqsat Usubaliyev mezbonligida Jalolobod shahrida yigʻilish uyushtirildi. Unda Turkiy davlatlari tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning oliy darajali rasmiylari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Jalolobod shahri, «2025 - yil Turk dunyosi turizm poytaxti» etib tanlab olindi va kelasi yili shaharda o‘tkaziladigan tadbirlarning yo‘l xaritasi qabul qilindi.

Mamlakat janubida joylashgan uchinchi yirik shahar boʻlgan Jalolobod o‘zining boy mineral resurslari, yong‘oq, turli sholi va mevalari bilan e’tiborni oʻziga tortmoqda.



Aloqador xabarlar