Fidan: Turkiya bilan Oʻzbekiston tarixiy safarini davom ettiradi

Hakan Fidan, Ali Yerlikaya va Ibrahim Kalin bilan O‘zbekistonga amaliy tashrif uyushtirdi.

2186924
Fidan: Turkiya bilan Oʻzbekiston tarixiy safarini davom ettiradi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.

Fidanning qayd etishicha, mazkur tashrif, Mirziyoyevning iyun oyida Turkiyaga uyushtirgan tashrifi chog‘ida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan birgalikda qabul qilgan qarorlarni kuzatish maqsadida amalga oshirilgan.

Turkiya - O‘zbekiston rasmiylari bu formatda ilk bor uchrashganini ifoda etgan Fidan, suhbatdoshlari bilan juda jiddiy uchrashuvlar o‘tkazganliklariga e’tibor qaratib, mavzu haqida:

«Muzokaralar yakunida umumiy yoʻl xaritasini imzoladik. Razvedka, xavfsizlik, harbiy, madaniy, iqtisodiy hamkorlik va taʼlim sohasi doxil ayniqsa konkret tarmoqlarda qachon va qanday faoliyatlar yuritish borasida yoʻl xaritasi tuzib oldik. Bu juda samarali boʻldi. Hozirgina janob Prezident (Mirziyoyev) tomonidan qabul qilindik. Ushbu qabulda ham strategik munosabatlarimizni takror koʻzdan kechirdik. Turkiya - O‘zbekiston strategik munosabatlari va integratsiyasi har sohada qanday rivojlanayotganini ko‘rib chiqdik». – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Hakan Fidan, Prezident Erdoʻgʻan bilan Mirziyoyevning siyosiy irodasi bor ekan, «Turkiya bilan Oʻzbekiston tarixiy safarini davom ettiradi», - dedi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan mazkur qabul oldidan poytaxt Toshkentda Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy Razvedka xizmati rahbari Ibrahim Kalin bilan hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uchrashgan edi.

 



Aloqador xabarlar