Hakan Fidan O‘zbekistonda hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi

Hakan Fidan, Ali Yerlikaya va Ibrahim Kalin bilan O‘zbekistonga amaliy tashrif uyushtirdi.

2186437
Hakan Fidan O‘zbekistonda hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi.

Hakan Fidan unda O‘zbekiston ikkinchi vatani ekanini ta’kidlab:

“Hamkorligimizni institutsionallashtirish orqali yanada rivojlantirish boʻyicha liderlarimiz oʻrtaga qoʻygan katta iroda bor. Ikki davlat oʻrtasidagi strategik hamkorlikni zamonamizning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan tarzda mustahkamlash va institutsionallashtirish ham Turk dunyosi hamda ikki davlat jihatidan alohida oʻringa ega”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Iyun oyida poytaxt Anqarada boʻlib oʻtgan Turkiya - Oʻzbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining 3 - yigʻilishi chinakam tarixiy burilish nuqtasi boʻlganini taʼkidlagan Fidan, ikki davlat rahbarlari, Turkiya - Oʻzbekiston munosabatlari uchun muhim qarorlar qabul qilganini yodga soldi.

Hakan Fidan bugun Toshkentga Ichki Ishlar vaziri Yerlikaya va Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Ibrahim Kalin bilan muhim tashrif uyushtirganliklarini qayd etgan holda, iyun oyida ikki davlat rahbari qabul qilgan qarorlarini yoʻlga qoʻyish uchun faoliyatni davom ettirishlarini oʻz soʻziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar