Turkiya bilan Qozog‘iston strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishni davom etadi
Qozog‘iston poytaxti Astanada Turkiya bilan Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama siyosiy maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Turkiya bilan Qozog‘iston kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishni davom ettirish borasida kelishib oldilar.
Qozog‘iston poytaxti Astanada Turkiya bilan Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama siyosiy maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish Turkiya Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Nuh Yilmaz bilan Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Bakayev raisligida uyushtirildi.
Tomonlar, unda, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalarni muhokama qildilar.
Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy hamkorlikni ham baholagan tomonlar savdo - iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy - gumanitar sohalardagi istiqbollarni muhokama qildilar. Turkiya tomoni Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi sohasidagi yirik loyihalarga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishni yana bir bor tasdiqlab oldilar.
Yig‘ilish yakunida Qozog‘iston bilan Turkiya o‘rtasidagi tarixiy qardoshlik va o‘zaro manfaatga asoslangan hamkorlik asosida ikki davlat o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklikni chuqurlashtirishni davom ettirish borasida kelishib olindi.