Yilmaz Tunch TDT Adliya vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

"Turkiya sifatida, prezidentimiz janob Rajap Tayyip Erdo'g'an boshchiligida Falastindagi qon to'kilishini to'xtatish uchun qizg'in diplomatik sa’y-harakatlarni olib bormoqdamiz",- dedi Turkiya adliya vaziri.

2184951
Yilmaz Tunch TDT Adliya vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

 

Turkiya G'azoda genotsid sodir qilayotgan Isroil rasmiylariga munosib jazo berilgunicha kurashishni to’xtatmaydi.

Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch bu haqda Qozog’istonda bo’lib o’tgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Adliya vazirlari kengashining birinchi yig’ilishida ma’lum qildi.

U shuningdek, tadbir davomida Turkiyaning G'azodagi qirg'inni to'xtatish borasidagi sa'y-harakatlari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

"Turkiya sifatida, prezidentimiz janob Rajap Tayyip Erdo'g'an boshchiligida Falastindagi qon to'kilishini to'xtatish uchun qizg'in diplomatik sa’y-harakatlarni olib bormoqdamiz",- dedi Turkiya adliya vaziri.

7 avgust kuni genotsid ishiga qo’shilish uchun rasmiy ravishda ariza topshirilganini eslatgan Yilmaz Tunch, “Turkiya sifatida Isroil rasmiylari munosib jazosini olmaguncha kurashimizni davom ettiramiz” dedi.

Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o’rtasida xalqaro maydonda adliya va sud sohasida hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratgan Yilmaz Tunch, “Turk dunyosi sifatida ushbu sohalar bilan bir qatorda xalqaro adliya sohasidagi hamkorlikni ham rivojlantirishimiz kerak”,-dedi.

Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a'zo mamlakatlardan ko'proq yordam kutayotganini ifoda etgan Yilmaz Tunch, “Biz butun dunyodan kutgan narsani ayniqsa tarixiy, madaniy qadriyatlar va qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lgan turkiy davlatlardan kutib qolamiz”, - dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #TDT

Aloqador xabarlar