To‘qayev yechimini kutayotgan bir qator iqtisodiy muammolarga e’tibor qaratdi

Davlat kompaniyalarini boshqarish va noqonuniy aktivlarni oʻtkazish masalalariga toʻxtalgan To‘qayev, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini optimallashtirish zarurligini taʼkidladi.

2182723
To‘qayev yechimini kutayotgan bir qator iqtisodiy muammolarga e’tibor qaratdi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev xalqqa murojaatida yechimini kutayotgan bir qator iqtisodiy muammolar borligi haqida gapirdi.

Davlat kompaniyalarini boshqarish va noqonuniy aktivlarni oʻtkazish masalalariga toʻxtalar ekan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini optimallashtirish zarurligini taʼkidladi.

To‘qayev, «Davlatning iqtisodiyotdagi bevosita ishtiroki hali ham yuqori darajada va bu holat bozorda tenglik shartlarini buzadi, xususiy tashabbusni bostiradi. Davlat kompaniyalarini boshqarish siyosati hali hanuz bizda shakllanmaganini tan olishimiz kerak», - deya gapirdi.

Prezident, ishbilarmonlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’kidlar ekan hali yechimini topmagan muammolarga ham e’tibor qaratdi. To‘qayev: «Islohotning birinchi bosqichida tadbirkorlik faoliyatini cheklovchi 10 mingdan ortiq keraksiz va eskirgan majburiyatlar olib tashlandi. Shunga qaramay tadbirkorlardan davlat organlarining haddan tashqari nazorat qilish faoliyati yuzasidan shikoyatlar kelib tushmoqda», - dedi.

To‘qayev noqonuniy aktivlarni topshirish masalasiga alohida to‘xtalib, «Ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarga, topshirilgan aktivlar noqonuniy deb hisoblanmay turib shartnomalar tuzish imkoniyati berilishi mumkin». – degan so‘zlar bilan murosa yondashuvini taklif qildi ammo hamkorlik qilmaganlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishi ustidan ham ogohlantirdi. To‘qayev, «Rad etilgudek bo‘lsa yoki jarayon uzaytirilsa, bu ishbilarmonlar bilan alohida gaplashiladi», - dedi.

Prezident, shuningdek, yirik shirkat egalarini ijtimoiy loyihalarda faolroq ishtirok etib, maktablar, shifoxonalar, stadionlar, muzeylar va boshqa ijtimoiy - madaniy obyektlar qurilishiga hissa qo‘shishga chaqirdi. To‘qayev xayriyachilar nomini «oltin ro‘yxat»ga kiritish orqali abadiylashtirishga va’da berdi.

 



Aloqador xabarlar