Turkiyaning Tokat viloyati hokimi Namanganga tashrif buyurdi

Turkiyaning Tokat viloyatidagi Erbaa shahri va Namangan muhandislik texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilmoqda.

2180483
Turkiyaning Tokat viloyati hokimi Namanganga tashrif buyurdi

 

Turkiyaning Tokat viloyatidagi Erbaa shahri va Namangan muhandislik texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilmoqda.

Shahar hokimi Ertugrul Karagol boshchiligidagi delegatsiya mazkur oliygohga tashrif buyurdi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida qoʻshma loyihalarni ishga tushirish masalalari muhokama qilindi. Muhandislik yoʻnalishlaridagi talabalar uchun Erbaa shahridagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot oʻtkazish, professor oʻqituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, Tokat viloyatidagi Gaziosmanpasha universiteti bilan hamkorlikda almashinuv dasturlarini ishga tushirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlik har ikki tomon uchun manfaat keltiradi, — deydi Ertugrul Karagol. — Tashrifimizdan asosiy maqsad – talabalar va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlash va yoshlarning amaliy bilimlarini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Bunda Erbaa shahridagi yirik sanoat korxonalarida amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish orqali talabalarning kelajakdagi kasbiy oʻsishiga hissa qoʻshish alohida ahamiyat kasb etadi.

Oliy taʼlim muassasasidagi zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan tanishgan turkiyalik mehmon taʼlim va ishlab chiqarish uzviy bogʻliqligi borasida amalga oshirilayotgan ishlarga munosib baho berdi. Endilikda Erbaa shahri sanoat yutuqlarini oʻrganish Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalarining tajribalarni yanada boyitadi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar