Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari o‘rtasida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida uyushtirilgan oltinchi maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari o‘rtasida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida uyushtirilgan oltinchi maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi. Unda, turizm tarmog‘i mintaqaviy sheriklikni harakatlantiruvchi yangi kuch ekanini ta’kidladi. Turistik almashuvni kengaytirish maqsadida esa, “Bitta tur – butun mintaqa” tamoyili bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish masalalarini o‘rganib chiqishni taklif qildi.
Shunga o‘xshash tizim Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida 2023 - yilning 1 – sentabridan beri faol ravishda joriy etilmoqda. Shu doirada, ikki davlat fuqarolari chegaradan pasportlari orqali emas, ID kartalari orqali o‘tmoqdalar.
Oʻzbekiston rahbarining qayd etishicha soʻnggi olti yilda Markaziy Osiyo davlatlari mushtarak muammolarni hal qilish borasidagi hamkorlikni ma’lum darajada oshirgan. Savdo, sarmoya, transport va sayohat kabi boshqa sohalarda yoʻlga qoyilgan loyihalar tufayli umummintaqaviy o‘ziga xoslikni shakllantirish jarayoni tobora mustahkam tus olib bormoqda.