Ilhom Aliyev Ozarbayjon - Rossiya munosabatlarini baholadi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu, amaliy tashrif bilan Bokuda.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguni qabul qildi. Mavzu haqida, Ozarbayjon Prezidentining Matbuot xizmati tomonidan ma’lumot berildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra, muzokaralar uchun poytaxt Bokuga kelgan Sergey Shoyguni qabul qilgan Aliyev, unda, ba’zi qo‘shni davlatlar uchun namuna tashkil etgan Ozarbayjon - Rossiya munosabatlarini baholadi. Mazkur munosabat, Janubiy Kavkaz xavfsizliligi uchun muhim omil ekanini ta’kidladi.
Shoygu esa Ozarbayjon bilan Rossiya o‘rtasidagi mintaqaviy xavfsizlik, harbiy, transport va iqtisodiy sohalardagi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotganiga e’tibor qaratdi.
Rossiya bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibida juda muhim masalalar borligini ham ifoda etgan Shoygu, barcha masalalar muvaffaqiyatli ravishda hal etilganini qayd etdi.
Shoygu, Rossiyaning Ozarbayjon va Armaniston munosabatlarining normallashuv jarayonini qo‘llab - quvvatlashini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.
Aliyev bilan Shoygu qabul chog‘ida Turkiya, Rossiya va Eronning Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya bilan 3 + 3 formatidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.