Qirg‘iz - turk hamkorligida neftni qayta ishlash zavodi qurilmoqda

Taalaybek Ibrayev kecha, 8 – iyul kuni Batken viloyatining Qadamjoy tumaniga qarashli Ko‘k - Talaa qishlog‘ida neftni qayta ishlash zavodi qurilishini ko‘zdan kechirib, rasmiylardan ma’lumot oldi.

2160738
Qirg‘iz - turk hamkorligida neftni qayta ishlash zavodi qurilmoqda

Qirg‘izistonning Batken viloyatida qirg‘iz - turk hamkorligida neftni qayta ishlash zavodi tashkil etilmoqda.

Qirg‘iziston Energetika vazirligi bayonotiga ko‘ra Taalaybek Ibrayev kecha, 8 – iyul kuni Batken viloyatining Qadamjoy tumaniga qarashli Ko‘k - Talaa qishlog‘ida neftni qayta ishlash zavodi qurilishini ko‘zdan kechirib, rasmiylardan ma’lumot oldi.

Kompaniya rasmiylarining qayd etishicha yuqorida nomi tilga olingan zavod Qirg‘izistonning Milliy neft va tabiiy gaz korporatsiyasi bilan Qirg‘iziston - Turkiya K - Petrol gaz kompaniyasi tomonidan quriladi. Mazkur zavod bir kunda 500 tonna xom neftni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lar ekan, joriy yilning sentabr oyi yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek rasmiylar nomi tilga olingan loyiha ustida hozirda 41 nafar qirg‘iz va 10 nafar turk mutaxassis ishlayotgani, sarmoyaning umumiy qiymati 91 million dollarni tashkil etishi, qurilishning 90 foizi yakunlangani, 4 ta neft qudug‘ida ta’mirlash va tayyorgarlik ishlari davom etayotgani, zarur ruxsatnomalar olingani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Qirg‘iziston - Turkiya K - Petrol gaz kompaniyasi, o‘tgan 2023 - yilning 23 – marti kuni «Tunduk Soh» va «Chongara Galcha» neft konlarini birgalikda ishlatish uchun tashkil etilgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar