Qozog‘iston bilan Turkiya qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi
Joriy yilda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi tomonidan bir qator xalqaro harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Qozog‘iston bilan Turkiya bu yil «Qoplon yo‘li - 2024» nomi ostida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi.
Kazinform xabariga ko‘ra, joriy yilda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi tomonidan bir qator xalqaro harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Shu doirada Qozog‘iston bilan Turkiya Qurolli kuchlari o‘rtasida o‘tkaziluvchi «Qoplon yo‘li - 2024» qo‘shma harbiy mashg‘ulotiga qo‘shimcha ravishda Qozog‘iston, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning qo‘shma «Birlestik - 2024» mashg‘ulotlari ham uyushtiriladi.
Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Tinchlik kuchlarining «Buzilmas birodarlik» qo‘shma mashg‘ulotlari joriy yilning kuzida Qozog‘iston mezbonligida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus bilan ikki tomonlama qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan Qozog‘iston Qurolli kuchlari, Kaspiy dengizi bo‘yidagi davlatlar, shu jumladan Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron va Rossiya o‘rtasidagi qo‘shma dengiz mashqlarida ham ishtirok etadi.