O'zbekiston Turkiyadagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlikni oshirmoqchi
O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Istanbulning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Istanbulning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Institutning yetakchi olimlari Istanbulga uyushtirgan xizmat safari davomida Turkiyaning bir qator universitetlari faoliyati bilan tanishdi.
Imzolangan memorandumga asosan ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar va amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish, professor-o‘qituvchilar hamkorligini rivojlantirish boasida kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv va muloqotlarda qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, axborot xizmatlari va doimiy faoliyat yurituvchi ilmiy kengashlar ishida ishtirok etish, mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish kabi masalalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ekanligi ta’kidlandi.