Astanaga “Turk dunyosining moliyaviy markazi” maqomi berildi

Toqayev Turkiy davlatlar tashkilotining 10-sammitini o‘tkazish doirasida Astana shahriga turkiy dunyo moliya markazi maqomini berish tashabbusini TDT davlatlari qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi.

2062943
Astanaga “Turk dunyosining moliyaviy markazi” maqomi berildi

 

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Turkiy davlatlar tashkilotining 10-sammitini o‘tkazish doirasida Astana shahriga turkiy dunyo moliya markazi maqomini berish tashabbusini TDT davlatlari qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi.

Davlat rahbari mamlakatning TDTga raisligi haqida gapirar ekan, hududlararo savdoni kengaytirish, iqtisodiyotga sarmoya kiritish zarurligini ta’kidladi.

“Bu borada Turkiy investisiya fondi alohida o‘rin tutadi. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun “yashil” moliyalashtirish bozorini rivojlantirish zarur. Ma’lumki, Qozog‘iston Turkiy “yashil” moliyaviy kengash tuzishni taklif qilgan. Astanaga turkiy dunyoning moliyaviy markazi maqomini berish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi”, – dedi Prezident.

Maqom berish to‘g‘risidagi qaror 2021 yilda Istanbul sammitida tasdiqlangan “Turk dunyosi shaharlariga ma’lum maqom berish to‘g‘risidagi nizom” asosida qabul qilingan. Hujjat TDTga a’zo mamlakatlar shaharlariga tegishli maqom berish mezonlarini belgilaydi. Xususan, nomzod shahar turkiy dunyoning siyosiy, savdo, ilmiy yoki madaniy markazi bo‘lib, tarix davomida turkiy sivilizasiya rivojida muhim rol o‘ynagan bo‘lishi kerak edi.

Astana “moliya poytaxti” sifatida bejiz tanlanmagan, erta o‘rta asrlardan (VIII-XVI) Astana yaqinida o‘g‘uz va qipchoqlar qo‘shini bo‘lgan. Bozoq deb nomlangan shahar dasht karvon yo‘llarini boshqaradigan savdo-moliya maskaniga aylandi.

Poytaxtda birinchi marta infratuzilmani rivojlantirish va xalqaro transport yo‘laklarini moliyalashtirishga qaratilgan “Makon va yo‘l” loyihasini yaratish tashabbusi e’lon qilingan edi. "O‘rta yo‘lak" bo‘ylab Caspian Integrated Maritime Solutions va KPMC kabi infratuzilma loyihalari Astana xalqaro moliya markazida (AXMM) tuzilgan.

AXMM qoshidagi Yashil moliya markazi (YAMM) Markaziy Osiyodagi “Makon va yo‘l” tashabbusi uchun yashil investisiya tamoyillari bo‘yicha hududiy idora hisoblanadi. YAMM hdudda barqaror moliyalashtirishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Markaz ko‘magida Qirg‘izistonda debyut yashil va ijtimoiy obligasiyalar chiqarildi.

Astana jahon moliya markazining Global Financial Centres Index indeksiga ko‘ra Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Shaharning reytingga kiritilishiga sarmoyadorlar va biznes uchun moliyaviy markaz vazifasini bajaruvchi hamda Markaziy Osiyo va undan tashqarida kompaniyalar rivojlanishi uchun ekotizimni ta’minlovchi AXMM faoliyati yordam berdi.

Axborot almashish, tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish maqsadida AXMM Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish qo‘mitasi TDTga a’zo mamlakatlar, jumladan Turkiya va Qirg‘iziston moliyaviy regulyatorlari bilan bir qator shartnomalar va memorandumlar tuzdi.

Astanaga turkiy dunyoning moliyaviy markazi maqomini berish shaharning hududdagi iqtisodiy va moliyaviy markaz mavqeini mustahkamlaydi, mamlakat salohiyati va sarmoyaviy imkoniyatlarini ko‘rsatadi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Astana

Aloqador xabarlar