Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Qozog'iston rahbarining Ostonadagi qarorgohida mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

2062582
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonga tashrif buyurdi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Qozog'iston rahbarining Ostonadagi qarorgohida mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Bu ikki davlat rahbarlarining 2023-yil davomida beshinchi marotaba uchrashishidir.

Qayd etilishicha, muzokaralar davomida Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va Rossiya strategik sherik va ittifoqchi ekanini, qishloq xo‘jaligi sohasida ulkan istiqbolga ega hamkorlik olib borishlarini bildirgan.

Uning ta’kidlashicha, 2022-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aylanmasi o‘sib, 3,6 milliard dollarga yetgan. Shuningdek, u Qozog‘iston va Rossiyaga dunyoda ekin maydonlarining deyarli 10 foizi, yaylov va pichanzorlarning 9 foizi to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.

Qozog‘iston prezidenti o‘z mamlakati YOIIning o‘g‘it bozorida Rossiya bilan raqobatlashmasligi kerak, deb hisoblaydi. U mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligini ma’lum qildi.

To‘qayev Vladimir Putinga qishloq xo‘jaligi innovatsion markazlarida ishlashni taklif qildi.

Vladimir Putin, o‘z navbatida Qozog‘iston bilan savdoda milliy valyutalardan foydalanish sezilarli darajada kengayganini qayd etgan. U Qozog‘iston bilan qishloq xo‘jaligi sohasida savdo va investitsiya almashinuvi “dinamik ravishda o‘sib borayotganini hamda Rossiya Qozog‘istonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda davom etishini ta’kidlagan.

Prezidentlar, shuningdek, yuzma-yuz va kengaytirilgan formatda — delegatsiyalar ishtirokida muloqot o‘tkazadi. Bundan tashqari, qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Kremlning xabar berishicha, Rossiya va Qozog‘iston rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va dolzarb xalqaro muammolarni muhokama qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Qozog'iston , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar