Qorabog'da arman kuchlariga tegishli o'q-dori ombori topildi

Omborda turli kalibrli raketalar, artilleriya snaryadlari, minalar va o‘qlar bo‘lgan. Ombor uzoq vaqtdan beri foydalanib kelingan va o‘q-dorilar tez yordam mashinasida omborga olib kelingan.

2040843
Qorabog'da arman kuchlariga tegishli o'q-dori ombori topildi

 

Ozarbayjon armiyasining Qorabog'dagi aksilterror operatsiyasi davomida nazoratga olingan Kozlukopru qishlog'ida noqonuniy arman kuchlariga tegishli o'q-dori ombori topildi.

Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Qorabog'dagi Kozlukopru qishlog'idagi ferma binolaridan birida o'q-dorilar ombori aniqlangan.

Omborda turli kalibrli raketalar, artilleriya snaryadlari, minalar va o‘qlar bo‘lgan. Ombor uzoq vaqtdan beri foydalanib kelingan va o‘q-dorilar tez yordam mashinasida omborga olib kelingan.

Ozarbayjon armiyasi 19-sentyabr kuni Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatish uchun aksilterror operatsiyasini boshlagandi.

Qorabog'dagi noqonuniy arman qurolli kuchlari 24 soat davom etgan amaliyotdan so'ng qurollarini tashladi.

Boshqa tomondan, Ozarbayjon Bosh prokuraturasi avtomobildagi 5 nafar rus askarining Qorabog'da terrorga qarshi operatsiya o'tkazayotgan Ozarbayjon askarlari uni noqonuniy Armaniston kuchlarining mashinasi deb bilgan holda o'qqa tutganini, 1 nafar askarning halok bo'lganini ma'lum qildi. Arman kuchlari tomonidan ochilgan otishmada bir rus askari halok bo'ldi.

Bayonotda, har ikki voqea yuzasidan tergov boshlangani, Ozarbayjon va Rossiya bosh prokurorlari tergovni keng qamrovli va intensiv tarzda olib borish uchun telefon orqali muloqotga kelishib olgani qayd etildi.

Prezident Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatida aybdorlar kerakli jazoni olishini va qurbonlar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Qorabog'

Aloqador xabarlar