Turk Dunyosi Plastik jarrohlik platformasi salomatlik turizmiga ijobiy hissa qo‘shadi
Turk Dunyosi Plastik jarrohlik platformasi Markaziy Osiyoda salomatlik turizmiga ijobiy hissa qo‘shadi.

Turkiya yetakchiligida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan Turk Dunyosi Plastik jarrohlik platformasi, Markaziy Osiyoda salomatlik turizmiga ijobiy hissa qo‘shadi.
Turkiyaning Qoniya viloyatida uyushtirilgan 12 - Bolqon Plastik rekonstruktiv va estetik jarrohlik assotsiatsiyasi (BAPRAS) kongressi uchun shaharga kelgan Turk Plastik rekonstruktiv va estetik jarrohlik assotsiatsiyasi rahbari, professor doktor Jenk Demirdo‘ver, kongressning samarali o‘tganini qayd etdi.
Kongressda Turkiya yetakchiligida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va O‘zbekiston bilan Turk Dunyosi plastik jarrohlik platformasi tashkil etganliklarini ifoda etgan Demirdo‘ver, platformani tashkil etish uchun qariyb 6 oy faoliyat yuritganliklarini ma’lum qildi.
Platformaning asosiy maqsadining plastik jarrohlik sohasida oldinga siljish ekaniga e’tibor qaratgan Demirdo‘ver, “Plastik jarrohlik bo‘yicha ilmiy tarkibni birinchi o‘ringa qo‘yuvchi o‘zaro almashuv dasturlarini yaratamiz”, - deya gapirdi.
Demirdo‘ver, Turkiyaning plastik jarrohlik sohasida nafaqat o‘z hududida balki Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan ham ancha oldinda ekanini qayd etdi.
Davlat sifatida buning eng yirik afzalligi sog‘liqni saqlash turizmida ekaniga e’tibor qaratgan Demirdo‘ver:
“Oʻrta Osiyodagi Turk davlatlarida plastik jarrohlik unchalik ham rivojlanmagan. Shunday ekan, bilim va tajribamizni ular bilan bo‘lishib, u yerlardagi ta’lim sifatini standartlashtirish va uni yana – da yaxshiroq nuqtaga olib chiqish uchun tashkil etdik bu platformani”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Demirdo‘ver, platformadagi davlatlar mushtarak yig‘ilishlar uyushtirishini, fikr almashishdan tashqari o‘zaro almashinuv dasturlari orqali olgan tajribalarini bir-birlari bilan bo‘lishishini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Aloqador xabarlar

Shusha shahri Islom olamining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi
Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.