Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi tadbirlarida ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun AQShda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev hozirda Nyu-York shahrida.
Prezident Mirziyoyevni aeroportda Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSH - O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Qayd etilishicha 19 - sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi hamda mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai - nazarini bayon qiladi.
Yilning bosh xalqaro siyosiy tadbiri doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilari sammiti, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi.
Aloqador xabarlar

Shusha shahri Islom olamining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi
Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.