Armaniston Qorabog‘dagi provokatsiyalarini davom ettirmoqda

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 13:55 atrofida Ozarbayjon hududida, noqonuniy arman qurolli guruhlari Ozarbayjon armiyasi mavzelari oldida mina joylashtirishga uringan.

2038459
Armaniston Qorabog‘dagi provokatsiyalarini davom ettirmoqda

Ozarbayjon, Armanistonning Qorabog‘dagi provokatsiya tashabbusiga monelik qilganini ma’lum qildi.

Armaniston Qorabog‘dagi provokatsiyalarini davom ettirmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 13:55 atrofida Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududida, noqonuniy arman qurolli guruhlari Ozarbayjon armiyasi mavzelari oldida mina joylashtirishga uringan.

Ozarbayjon armiyasiga qarashli bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan chora - tadbirlar natijasida buning oldi olingani bildirildi.

Bundan tashqari, mahalliy vaqt bilan soat 15:10 atrofida Ozarbayjon armiyasining Shusha shahri yoʻnalishidagi pozitsiyalari, noqonuniy arman qurolli guruhi aʼzolari tomonidan qayta-qayta oʻqqa tutilgan. Bunga qarshi, Ozarbayjon askarlari tomonidan ehtiyot choralari koʻrilgan.



Aloqador xabarlar