Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentining inauguratsiyasida ishtirok etdi

Kecha, poytaxt Anqarada Turkiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylangan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

1994992
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentining inauguratsiyasida ishtirok etdi
erdoğan
aa_picture_20230603_31324826.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqaraga bo‘lgan tashrifi davomida joriy yil 28-maydagi saylovda Turkiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylangan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda dunyoning 80 ga yaqin mamlakat vakillari - davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari, yuqori darajadagi rasmiy shaxslar hamda Turk Davlatlari tashkiloti, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Islom Hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari qatnashdi.

Marosim chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisini saylovdagi g‘alabasi bilan yana bir bor qutlab, lavozimga kirishgani munosabati bilan muborak bot etdi va Turkiya xalqiga katta muvaffaqiyatlar va farovonlik tiladi.

Tadbir doirasida Mirziyoyev, marosimga taklif etilgan mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham fikr almashdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga bo‘lgan tashrif dasturi yakunlanib, Toshkentga jo‘nab ketdi.



Aloqador xabarlar