O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasidagi devor buzilmoqda

Bundan 13 yil muqaddam, 2010-yili O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasida urilgan devor buzilmoqda.

1993669
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasidagi devor buzilmoqda

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi devor buzilmoqda.

Oʻzbekistonning Andijon va Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatlari chegarasidagi “Bekobod-Xonobod” nazorat-o‘tkazish punktida urilgan devor yiqitildi.

Ushbu devor 2010-yili Oʻzbekiston tomonidan nazorat-oʻtkazish punktini bekitish uchun qurilgandi.

Qirgʻiziston chegara boʻlinmalari tomonidan berilgan bayonotga koʻra 2010-yili nomi tilga olingan chegara punktidan tashqari O‘sh viloyatidagi “Qora-Suv” va “Qorabog‘ish” nazorat-o‘tkazish punkti ham yopilgan edi. Qayd etilishicha, bugungi kunda ularning ham ochilishi uchun tomonlar oʻrtasidagi faoliyatlar davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz vazifasini boshlashi ortidan qo‘shnilari bilan munosabatlarini yaxshilashga kirishgan O‘zbekiston, qo‘shni davlatlar bilan turli sabablarga ko‘ra yopilgan chegara darvozalarini ochishga harakat qildi va shu doirada chegara darvozalari takror ochildi.



Aloqador xabarlar