Armaniston chegaradagi Ozarbayjon pozitsiyalariga hujum qildi
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman kuchlari chegaradagi Ozarbayjon pozitsiyalariga uchuvchisiz uchish apparatlari (UHV) bilan hujum qilganini ma’lum qildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman kuchlari chegaradagi Ozarbayjon pozitsiyalariga uchuvchisiz uchish apparatlari (UHV) bilan hujum qilganini ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotida, Armaniston armiyasi mahalliy vaqt bilan soat 07:15 atrofida Kelbajar viloyatining Yellije aholi punkti yo‘nalishida Ozarbayjon qo‘shinlari pozitsiyalariga UHVlar bilan hujum qilgani ma’lum qilindi.
Bayonotda, ekspertiza chog‘ida armanlar tomonidan UHV lardan otilgan qo‘lda yasalgan o‘q qoldiqlari topilgani qayd etildi.
Ozarbayjon askarlarida hech qanday talofat yo'qligi ma'lumotlariga ega bo'lgan bayonotda, Ozarbayjon armiyasining javob qaytargani bildirildi.
Bayonotda mintaqadagi keskinlikning butun mas'uliyati Armaniston harbiy va siyosiy boshqaruviga tegishli ekanligi ta'kidlandi
Aloqador xabarlar

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasidagi devor buzilmoqda
Bundan 13 yil muqaddam, 2010-yili O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasida urilgan devor buzilmoqda.